Loyiha sharhi
“Sohil bo‘yi” turar-joy majmuasi loyihasi
Loyiha Andijon viloyati, Andijon tumanida, Andijonsoy bo‘yicha joylashgan bo‘lib, 9 qavatli zamonaviy turar-joy majmuasi sifatida loyihalashtirilgan.
“Sohil bo‘yi” — bu Andijon shahrining betakror manzillaridan biri bo‘lib, farovon hayot, tabiiy go‘zallik va zamonaviylik uyg‘unligining timsolidir. Majmua sizga qulay hayot tarzini, tinchlikni va tabiat bilan uyg‘unlikda yashash imkonini taqdim etadi.
Joylashuvi:
Majmua Andijonning eng sokin va ekologik toza hududida, shahar shovqinidan uzoqda joylashgan bo‘lib, tabiat qo‘ynida yashashni istaganlar uchun ideal tanlovdir.
Arxitekturasi:
“Sohil bo‘yi” turar-joy majmuasi o‘zining zamonaviy me'moriy yechimkari bilan ajralib turadi. Binolarning har bir detali puxta o‘ylangan, soddalik va estetik chiroy uyg‘unligida yaratilgan. Majmua tashqi ko‘rinishi, qulay ichki rejalar va yashil hududlari bilan Andijon shahrining yangi zamonaviy hayot markaziga aylanishi kutilmoqda.

.jpg)

.jpg)
.jpg)